Soliq kodeksi 381-modda. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning daromadlariga, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 12 foizlik soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga 5 foizlik soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi.