Soliq quyidagilar tomonidan hisoblab chiqariladi va toʻlanadi: 1) soliq toʻlovchiga daromad toʻlaydigan soliq agentlari tomonidan; 2) soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda. Soliq toʻlovchilarning alohida toifalari soliqni ushbu Kodeksning 397-moddasida belgilangan tartibda jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida toʻlashni tanlashga haqli. Ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar quyidagi toifadagi soliq toʻlovchilarga tatbiq etiladi: 3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirayotgan oila aʼzolariga; 4) “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari boʻlgan hunarmandchilik faoliyati subyektlariga. Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliq toʻlash tartibini quyidagilar orqali tanlashga haqli: 1) tadbirkorlik subyektining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi chogʻida tanlangan soliq toʻlash tartibini koʻrsatish; 2) doimiy yashash joyi boʻyicha soliq organlariga joriy yilning 25-yanvaridan kechiktirmasdan tanlangan soliq toʻlash tartibi toʻgʻrisida bildirish xati taqdim etish. Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchi tomonidan bildirish xati ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan muddatlarda taqdim etilmasligi uning aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga roziligini bildiradi. Soliq ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq organi tomonidan ham hisoblab chiqarilishi mumkin. Hisoblab chiqarilgan soliq summasi qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblangan jismoniy shaxslarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan majburiy oylik badallar summasiga kamaytiriladi. Ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va toʻlov manbaida ushlab qolinadi.