Soliq kodeksi 397-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi

Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksning 393-moddasida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etadi. Deklaratsiya qilinishi shart boʻlmagan daromadlarni olgan soliq toʻlovchilar doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Har qanday ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisida turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga qaytgan sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay doimiy yashash joyidagi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olgan daromadlari boʻyicha jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish mezonlariga muvofiq kelmagan davr uchun soliq toʻlanmaydi. Grant olgan soliq toʻlovchi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant boʻyicha olingan daromad summasini, soliq miqdorini koʻrsatadi, shuningdek vakolatli organning tegishli xulosasini ilova qiladi. Mol-mulkini ijaraga berishdan toʻlov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar olayotgan soliq toʻlovchilar, shuningdek ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan va jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlaydigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda taqdim etish bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi muddatlarda taqdim etadi: 1) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan soliq toʻlovchilar — ijaradan daromadlar paydo boʻlgan kund