Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadida quyidagilar chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari deb eʼtirof etiladi: 1) chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi 25 foizdan ortiqni tashkil etadigan, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs; 2) ushbu kompaniyada ishtirok etish ulushi 10 foizdan ortiq boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan barcha shaxslarning ushbu kompaniyada ishtirok etish ulushi 50 foizdan ortiq boʻlsa. Ushbu moddaning birinchi qismi maqsadi uchun chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning 38-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy shaxslar uchun ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 11-bandida koʻrsatilgan shaxslar bilan birgalikda hisobga olinadi. Agar shaxsning chet el kompaniyasida ishtirok etishi listing tartib-taomilidan oʻtgan va (yoki) tegishli litsenziyaga ega boʻlgan birjalarda yoki chet el moliyaviy vositachilari roʻyxatiga kiritilgan birjalarda muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlar (depozitar qaydlar) emitenti boʻlgan bir yoki bir nechta Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etishi orqaligina amalga oshirilgan boʻlsa hamda bu shaxs ushbu moddaning beshinchi — oʻn ikkinchi qismlariga muvofiq nazoratchi shaxs deb tan olinmasa, mazkur shaxs chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etilmaydi. Bunda chet el moliyaviy vositachilari deganda Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan chet el fond birjalari va chet el depozitar-kliring tashkilotlari tushuniladi. Qaysi shaxsning ishtirok etish ulushiga nisbatan kompaniyada ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilmasa, biroq bu