Soliq kodeksi 405-modda. Soliq stavkalari

Soliq stavkalari, agar ushbu Kodeksning 408-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/r Soliq toʻlovchilar Soliq stavkalari, foizlarda 1. Soliq toʻlovchilar, bundan 2 — 4-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno 12 2. Budjet tashkilotlari 25 3. “SOS — Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmalari 7 4. Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq toʻlovchilar 4,7 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan pasaytirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.