Soliq, agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar: 1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda; 3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila aʼzolari tomonidan: yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosi tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda; oilaning boshqa aʼzolari tomonidan (bundan oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar mustasno) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida majburiy tartibda toʻlanadi/ Mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida: oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar; shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band boʻlgan yoki mazkur maydonda chorvachilik (qoramol, qoʻylar, echkilar, otlar va boshqalar), issiqxona xoʻjaligi, parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, gʻozlar, oʻrdaklar), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bogʻdorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shugʻullanayotgan shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila aʼzolari boʻlgan fuqarolar tomonidan (ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qatʼi nazar); dehqon xoʻjaligining aʼzolari (bundan dehqon xoʻjaligi boshligʻi mustasno) va dehqon xoʻjaligida band boʻlgan jismoniy shaxslar; mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari; Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari; ishlamaydigan eri (xotini) uchun soliq toʻlo