Koʻchmas mulk yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti hisoblanadi. Koʻchmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlar; 2) qurilishi tugallanmagan obyektlar. Qurilishi tugallanmagan obyektlarga qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli boʻlgan organning ruxsatnomasi olingan oydan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi; 3) temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar; 4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun koʻrsatilgan turar joy koʻchmas mulk obyektlari, koʻchmas mulk obyekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy oʻtgach. Quyidagi koʻchmas mulk obyektlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi: 1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan obyektlar; 2) uy-joy-kommunal xoʻjaligining va belgilangan maqsadi boʻyicha foydalaniladigan boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaligi obyektlari. Uy-joy-kommunal hamda boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaligi obyektlari jumlasiga shaharlar va shaharchalarni sanitariya jihatdan tozalash, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish obyektlari, tashqi yoritish, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun va aholiga oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari (oqova suvlarni tozalash inshootlari bilan), vodoprovod (suv olish va tozalash inshootlari bilan), gaz, qozonxonalar hamda issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlar (ularning inshootlari bilan), shuningdek uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlariga texnik