Soliq kodeksi 419-modda. Soliq solish obyekti

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti hisoblanadi. 1) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari; 2) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari; 3) qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar. Qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli boʻlgan organning ruxsatnomasi olingan oydan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi; 4) koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar.