Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi: Respublika hududlari 1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln soʻmda) Toshkent shahri: 1 zona 2 zona 3 zona 4 zona 5 zona 319,0 254,2 196,6 130,6 65,9 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 41,2 Andijon viloyati 51,8 Buxoro viloyati 42,4 Jizzax viloyati 42,4 Qashqadaryo viloyati 42,4 Navoiy viloyati 42,4 Namangan viloyati 51,8 Samarqand viloyati 51,8 Surxondaryo viloyati 37,7 Sirdaryo viloyati 31,8 Toshkent viloyati 43,5 Fargʻona viloyati 43,5 Xorazm viloyati 42,4 Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi; tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida kiritadi. Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan joriy soliq davri uchun soliq stavkalari qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga har yili 10-yanvarga qadar taqdim etiladi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazishlari kerak. Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar uchun soliq stavk