Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi: aylanmadan soliq toʻlovchilar uchun − yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay; aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar uchun — yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi. Soliq davri davomida soliq toʻlashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani toʻlash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi: hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi; hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.