Soliq kodeksi 437-modda. Soliq stavkalari

Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun, shuningdek jismoniy shaxslarga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari mustasno): Respublika hududlari 1 kv. m uchun bazaviy soliq stavkasi (soʻmda) Toshkent shahri: 1 zona 2 zona 3 zona 4 zona 5 zona 1 856 1 574 1 290 1 014 725 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 377 Andijon viloyati 463 Buxoro viloyati 377 Jizzax viloyati 377 Qashqadaryo viloyati 377 Navoiy viloyati 377 Namangan viloyati 463 Samarqand viloyati 463 Surxondaryo viloyati 353 Sirdaryo viloyati 297 Toshkent viloyati 392 Fargʻona viloyati 392 Xorazm viloyati 377 Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi; tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida kiritadi. Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan joriy soliq davri uchun soliq stavkalari qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga har yili 10-yanvarga qadar taqdim etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun belgilangan stavkaga nisbatan 0,5 dan 1,2 g