Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni toʻlash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan eʼtiboran tugatiladi (kamaytiriladi). Soliq boʻyicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga boʻlgan huquq yuzaga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanmaydi. Soliq boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquq tugatilgan taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran toʻlana boshlaydi. Soliq davri uchun soliqni toʻlash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.