Soliq kodeksi 445-modda. Soliq stavkalari

Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq oʻlchamda, quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/r Soliq toʻlovchilar va soliq solish obyektlari 1 kub metr uchun soliq stavkasi (soʻmda) yer usti suv resurslari manbalari yer osti suv resurslari manbalari 1. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2-bandda koʻrsatilganlar mustasno), shu jumladan sanoat korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar 749 910 2. Elektr stansiyalari va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari 118 144 3. Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar 107 107 4. Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi 16 050 16 050 5. Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi 40 660 40 660 Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan soliq stavkasiga nisbatan: suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi; suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi; baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi; suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanmaganda — 1,1 oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi, bundan ushbu moddaning o