Oʻzbekiston Respublikasi hududida yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni (bundan buyon ushbu boʻlimda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi. Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism boʻyicha soliq toʻlovchilar boʻlmaydi.