Tabiatning yoki inson faoliyatining (shu jumladan intellektual faoliyatning) qiymat bahosiga ega boʻlgan va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan har qanday predmeti tovar deb eʼtirof etiladi. Tovarlar deb, xususan, elektr energiyasi, maʼlumotlar bazasi, axborot, intellektual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga boʻlgan mutlaq huquqlar eʼtirof etiladi. Soliq solish maqsadida mulkiy huquqlar ham tovar deb eʼtirof etiladi. Nomoddiy xususiyatga ega boʻlgan, pulda ifodalangan bahoga ega mol-mulkka qaratilgan va ushbu mol-mulkdan mustaqil ravishda, unga bogʻliq boʻlmagan holda muomalada boʻlishga qodir (oldi-sotdi shartnomasining obyekti yoxud shartnomada yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan, ushbu mulkiy huquqqa egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan, oʻz mulkdoridan oʻzga shaxsga boshqacha tarzda oʻtkazish obyekti boʻlishi mumkin boʻlgan) fuqaroviy huquq obyekti soliq solish maqsadida mulkiy huquq deb eʼtirof etiladi. Mulkiy huquqlar jumlasiga quyidagilar kiradi, chunonchi: kreditorning qarzdorga talab qoʻyish huquqi, xoʻjalik jamiyatining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish ulushi, qimmatli qogʻozlar, muallifning (yoki boshqa huquq egasining) intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqi, shuningdek huquqlarning zamirida yotgan mol-mulk bilan bogʻliq, sotilishi yoki oʻz mulkdoridan oʻzga shaxsga boshqacha tarzda oʻtkazilishi mumkin boʻlgan boshqa turlari. Ashyoning oʻzini oʻtkazmay turib, mustaqil muomalada boʻlishi mumkin boʻlmagan ashyoviy huquqlarga mulkiy huquqlar sifatida qaralmaydi. Bojxona toʻlovlarini undirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish maqsadida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tovarlar jumlasiga boshqa mol-mulk kiritilishi mumkin. Boshqa shaxslarning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan mahsulotlarni (moddiy yoki nomoddiy) ishlab chiqarishga doir tadbirkorlik faoliyatining turlari, shuningdek boshqa shaxslar uchun bajariladigan ishlar soliq solish maqsadida xi