Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) solish obyekti quyidagilardir: agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi; qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi. Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi qazib olish (ajratib olish), birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik sikli doirasida yuzaga keladigan texnologik yoʻqotishlar hajmini chegirgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida, bunday normalar mavjud boʻlmaganda esa — soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlanadi. Foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) va foydali qazilmalarga birlamchi ishlov berishning (ularni qayta ishlashning) texnologik sikli doirasidagi yoʻqotishlar texnologik yoʻqotishlar deb eʼtirof etiladi, xususan: foydali qazilmalarni qazib olish chogʻidagi yoʻqotishlar (bundan normadan ortiq yoʻqotishlar mustasno), shu jumladan ularning qoldiqlari (ajratib olib boʻlmaydigan zaxiralari); uglevodorodlarni dastlabki sanoat maqsadida qayta ishlash chogʻidagi yoʻqotishlar; qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik sikl doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi. Soliq solish obyekti foydali qazilmaning har bir turi boʻyicha alohida aniqlanadi. Quyidagilar soliq solish obyekti boʻlmaydi: soliq toʻlovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda shaxsiy xoʻjalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan, keng tarqalgan foydali qazilmalar. Keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyxati qonunchilikda belgilanadi; qonunchilikda belgilangan tartibda daryo o