Qazib olingan (ajratib olingan) metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini realizatsiya qilishdan olingan, ushbu Kodeksning 176-moddasi talablari hisobga olingan holda bahoga qoʻshimcha qiymat soligʻini va aksiz soligʻini kiritmay aniqlanadigan, bitim taraflari tomonidan qoʻllanilgan bahodan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan daromadlar hamda ularni qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bogʻliq xarajatlar oʻrtasidagi farq renta daromadi deb eʼtirof etiladi. Renta daromadi birlamchi ishlov berishdan (sanoat yoʻsinida dastlabki qayta ishlashdan, rudani boyitishdan) oʻtgan va realizatsiya qilish uchun yaroqli boʻlgan metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) faoliyati doirasida aniqlanadi. Agar soliq toʻlovchi rudadan (konsentratlardan) metallarni ajratib olishni yoki qazib olingan uglevodorod xom ashyosini mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlashni amalga oshirsa, metallarni yoki uglevodorodlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar ularga keyinchalik ishlov berish, ularni qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq toʻlovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda, ularni qayta ishlash mahsulotlarini realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida metallarga va uglevodorod xom ashyolariga ishlov berish hamda ularni qayta ishlash obyektlarini qurish xarajatlarini ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan kapital xarajatlar jumlasiga kiritish nazarda tutilgan boʻlsa, metallar va uglevodorod xom ashyolarining ayrim turlari boʻyicha ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadga ularni keyinchalik qayta ishlash bilan bogʻliq xarajatlar kiritilishi mumkin. Xarajatlar qilingan soliq davrida chegirib tashlanishi lozim boʻlgan, realizatsiya qilish uchun yaroqli metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun zarur va yetarli boʻl