Renta daromadining summasi soliq bazasi hisoblanadi, renta zarari mavjud boʻlganda esa soliq bazasi nolga teng deb eʼtirof etiladi. Soliq bazasi ushbu Kodeksning 454³-moddasida oʻziga nisbatan renta daromadini aniqlash nazarda tutilgan yer qaʼrining har bir litsenziyalangan uchastkasi (litsenziyalangan uchastkalar guruhi) boʻyicha alohida hisoblab chiqariladi. Soliq bazasi soliq davri boshlanganidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. Metallarni va uglevodorod xom ashyosini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq bazasini AQSH dollarida aniqlash huquqiga ega. Agar birinchi soliq davri yakunlariga koʻra renta zarari olingan boʻlsa, soliq toʻlovchi bunday zarar miqdorini keyinchalik “jamgʻarilgan renta zarari” maxsus hisobvaragʻida AQSH dollarida, ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilanadigan valyutaning oʻrtacha yillik almashuv kursi boʻyicha hisobga olishga haqli. Bunda har bir keyingi soliq davrida ushbu hisobvaraqda hisobga olinadigan summa joriy yilning 31-dekabr holatiga koʻra AQSH dollarida nominatsiya qilingan, 2 foizlik punktga oshirilgan, toʻlanish muddati oʻn yil (2031-yilgacha) boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarining daromadliligidan kelib chiqib aniqlanadigan koeffitsiyentga oshiriladi. Soliq davri uchun oʻrtacha yillik kurs soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy soliq davrida 1-yanvar va 31-dekabr uchun belgilangan kurslarini qoʻshish chogʻida olingan summani 2 ga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan kundan eʼtiboran boshlanadigan soliq davri soliq toʻlovchi litsenziyalangan muayyan uchastkaga (litsenziyalangan uchastkalar guruhiga) nisbatan soliq bazasini aniqlashi shart boʻlgan birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi. Agar bunda koʻrsatilgan ruxsatnoma (litsenziya) 1-iyuldan keyin