Soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 451 va 451¹-moddalariga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi. Foydali qazilmalarning alohida turlari boʻyicha soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam boʻlmagan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Soliq toʻlovchilar tomonidan soliq hisoboti har bir hisobot va soliq davri tugagandan keyin soliq hisobida turgan joydagi, noruda qurilish materiallari boʻyicha esa — qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: yuridik shaxslar tomonidan — soliq davri boshlanganidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay; jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay. Soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi: yuridik shaxslar tomonidan — har oyda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay; jismoniy shaxslar tomonidan — soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay.
XVIII ¹ BOʻLIM. FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB OLGANLIK UCHUN MAXSUS RENTA SOLIGʻI