Yigʻimlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim; 1¹ ) yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yigʻim; 2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlar, jumladan: alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yigʻim; umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻim; 3) pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim; 4) tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim.