Soliq kodeksi 460-modda. Yigʻimlarni toʻlash tartibi

Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim chet davlatning avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirayotganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida undiriladi. Yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yigʻim qonunchilikda belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi va hududiy transport boshqarmalari tomonidan undiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim yuk avtotransporti vositalari va tirkamalariga avtomobil yoʻllari boʻylab bir yil davomida harakatlanish huquqini beradi. Ushbu Kodeks 455-moddasining 2 , 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan yigʻimlar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish boshlanganligi toʻgʻrisida tegishincha xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran toʻlanadi. Bunda xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasiga qadar yuborilganda yigʻim mazkur oy uchun toʻliq hajmda, xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin yuborilganda esa keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi. Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsuloti bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek ularning har biri joylashgan hu