Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlar va majburiyatlardan tashqari, ushbu moddada belgilangan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati munosabati bilan yuzaga keladigan munosabatlarda foyda soligʻini toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega: 1) soliq organlariga va ularning mansabdor shaxslariga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab chiqarish va toʻlash yuzasidan har qanday tushuntirishlarni taqdim etish; 2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi toʻlanishi munosabati bilan bunday guruhning istalgan ishtirokchisi va uning alohida boʻlinmalari joylashgan yerda oʻtkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlari hamda soliq auditi oʻtkazilayotganda ishtirok etish; 3) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi toʻlanishi munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlari hujjatlarining va soliq tekshiruvlarining natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan chiqarilgan qarorlarning koʻchirma nusxalarini olish. Shuningdek foyda soligʻini (boʻnak toʻlovlarini) toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomalarni hamda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyati bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni olish; 4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlash munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati qoʻshimcha tadbirlarining materiallari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq organini