Soliq kodeksi 68-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyatini tugatish

Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi quyidagi holatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlgan taqdirda faoliyatini tugatadi: 1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddati tugaganda; 2) taraflarning kelishuviga koʻra soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinganda; 3) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirganda; 4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani uning ishtirokchilari tarkibi oʻzgarishi munosabati bilan oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim belgilangan muddatlarda soliq organiga taqdim etilmaganda; 5) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi qayta tashkil etilganda (bundan qayta oʻzgartirish mustasno) yoki tugatilganda; 6) qonunchilikka muvofiq soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish yuritish qoʻzgʻatilganda; 7) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kelmaganda; 8) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga majburiy oʻzgartishlarni kiritishdan boʻyin tovlaganda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) ushbu Kodeks 62-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan shartlarning buzilishiga olib kelmaydigan xarid qilish yoki sotish soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyatini tugatishga sabab boʻlmaydi. Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan holat mavjud boʻlganda, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokc