Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda soliqning barcha elementlari aniqlab qoʻyilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi. Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi: 1) soliq solish obyekti; 2) soliq bazasi; 3) soliq stavkasi; 4) soliq davri; 5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi; 6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi; 7) soliqni toʻlash tartibi. Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qoʻllanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.