Soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosati soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda hisob siyosati ixtiyoriy shaklda tasdiqlanadi va unda quyidagilar aks ettirilishi kerak: 1) agar soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi yoki soliq agenti tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan soliq registrlarining shakli va ularni tuzish tartibi; 2) unga rioya etilishi ustidan masʼul mansabdor shaxslar; 3) soliq solish maqsadlarida alohida-alohida hisob yuritish tartibi, agar bunday hisob yuritish majburiyati ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boʻlsa; 4) soliq toʻlovchi tomonidan foyda soligʻini hisoblab chiqarish maqsadida sarflarni xarajatlar sirasiga kiritish, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olishning tanlangan usullari; 5) xedjirlanadigan tavakkalchiliklarni, xedjirlanadigan moddalarni va ularga nisbatan qoʻllaniladigan xedjirlash vositalarini aniqlash siyosati, xedjirlash operatsiyalari, shuningdek boshqa moliyaviy tavakkalchiliklar amalga oshirilgan taqdirda xedjirlash samaradorligi darajasini baholash uslubiyati; 6) aktivlarning har bir guruhi va kichik guruhi boʻyicha amortizatsiya normalari (hisoblash usullari); 7) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq islomiy moliya faoliyatidan va islomiy qimmatli qogʻozlardan olingan daromadlarning alohida hisobini yuritish tartibi. Soliq solish maqsadlarida hisob siyosatini oʻzgartirish va (yoki) unga qoʻshimchalar kiritish soliq toʻlovchi tomonidan quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi: 1) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilgan yangi hisob siyosatini yoki uning yangi boʻlimini tasdiqlash; 2) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilgan amaldagi hisob siyosatiga yoki amaldagi hisob siyosatining boʻlimiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish. Hisob siyosatini shakllantirishda soliq toʻlovchi tomonidan soliq solish maqsadlarida tanlangan hisob