Soliq kodeksi 78-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobni yuritish

Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi yoki soliq agenti soliq solish maqsadlarida hisobni hisoblash usuli boʻyicha milliy valyutada yuritadi. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun maxsus renta soligʻini toʻlovchi boʻlgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq hisobini soliq solish maqsadida hisoblash usuli boʻyicha AQSH dollarida yuritishga haqli.