Soliq kodeksi 79-modda. Hisob hujjatlarini tuzish va saqlashga doir talablar

Hisob hujjatlari qogʻozda va (yoki) elektron shakllarda tuziladi hamda ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan soliq majburiyati boʻyicha daʼvo muddati tugagunga qadar saqlanadi. Soliq toʻlovchi qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan shaxsning hisob hujjatlarini saqlash majburiyati uning huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) yuklatiladi. Yuridik shaxs tugatilganda hisob hujjatlari tegishli davlat arxiviga qonunchilikda belgilangan tartibda topshiriladi.