Ayrim soliq toʻlovchilar va soliq agentlari zimmasida turgan soliqlarning toʻlanishi va (yoki) undirilishi quyidagi hollarda undirish imkoni boʻlmay qolgan umidsiz soliq qarzi deb eʼtirof etiladi: 1) yuridik shaxs tugatilganda — yuridik shaxsning mol-mulki yetarli emasligi va (yoki) shu yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) tomonidan qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda uning soliq qarzini uzish imkoni boʻlmaganligi sababli uning ushbu Kodeksning 91-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolgan qismi boʻyicha; 2) yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxs bankrot deb eʼtirof etilganda — qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli soliq qarzining uzilmay qolgan qismi boʻyicha; 3) jismoniy shaxs vafot etganda yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb eʼlon qilinganda — uning mol-mulki yetarli emasligi sababli, shu jumladan meros davlat mulkiga oʻtgan taqdirda, uning soliq qarzining ushbu Kodeksning 94-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolgan qismi boʻyicha; 4) sud tomonidan hujjat qabul qilinib, unga muvofiq soliq organi soliq qarzini undirishning belgilangan muddati oʻtishi munosabati bilan uni undirish imkoniyatini yoʻqotganda, shu jumladan sud tomonidan soliq qarzini undirish toʻgʻrisida ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish haqida ajrim chiqarilganda; 4¹ ) Majburiyatlar reyestriga kiritilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil davomida qarzdorning mol-mulki yoki pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlanmaganda — soliq qarzining uzilmay qolgan qismi boʻyicha; 5) mazkur Kodeks 129-moddasining yettinchi qismiga muvofiq, chet el yuridik shaxsi soliq organidan hisobdan chiqarilganda — doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi va qonunchilikda belgilangan miqdor va tartibda Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan toʻlash imkonsizligi sababli toʻlanmagan soliq qarzi boʻyicha undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan mazkur soliq qarzi shu chet el yuridik shaxsi ushbu Kodeks