Soliq kodeksi 97-modda. Soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirishning umumiy shartlari

Soliq toʻlashning muddatini keyinroq muddatga koʻchirish soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirish deb eʼtirof etiladi. Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirishga ushbu bobda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi. Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy soliq summasiga yoki uning bir qismiga (bundan buyon ushbu bobda qarz summasi deb yuritiladi) nisbatan, qarz summasiga foizlar hisoblangan holda, soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish mumkin. Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida amalga oshiriladi. Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, shu soliq boʻyicha tegishlicha bir yoʻla yoki bosqichma-bosqich qarz summasini toʻlagan holda, ushbu soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirishdan iboratdir. Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar yuzaga kelgan qarz summasiga yoki kelgusida yuzaga keladigan qarz summasiga nisbatan berilishi mumkin. Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, agar ushbu Kodeksning 99-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bir yildan oshmagan muddatga beriladi. Soliq toʻlash muddati oʻzgartirilishiga talabgor shaxs (bundan buyon ushbu bobda manfaatdor shaxs deb yuritiladi) soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisida ariza berishga yoxud bu haqda xabardor qilishga haqli. Bunday ariza bir yoki bir nechta soliqqa nisbatan berilishi mumkin. Manfaatdor shaxsning soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash haqidagi arizasini koʻrib chiqish chogʻida, soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli organ mazkur shaxsga u bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin boʻlgan kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning ushbu bobda nazarda tutilgan boshqa shartlarini taklif etishga haqli. Soliq toʻlash muddat