Soliq kodeksi 99-modda. Soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli organlar

Quyidagi organlar soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega organlardir (bundan buyon ushbu moddada vakolatli organlar deb yuritiladi): 1) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 1 — 5-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (bundan ushbu qismning 3-bandida va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno). Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 17-moddasida koʻrsatilgan soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etishga (bundan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, ijtimoiy soliq, toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻi hamda soliq agenti sifatida toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno) ham haqli; 2) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 — 8-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari. Bunday soliqlarga nisbatan toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin; 3) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar boʻyicha — bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona organlari (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno). Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi soliq toʻlovchiga ushbu Kodeksning 17-moddasida koʻrsatilgan har qanday soliq boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini uch yilgacha muddatga berishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishda ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida belgilangan cheklovlardan