Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 19-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari

Xolis tegishli ijro harakati dalolatnomasida oʻzi ishtirok etgan ijro harakatlari fakti, mazmuni va natijalarini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. Xolis oʻzining qanday ijro harakatlarini amalga oshirish uchun taklif qilinganligini, ular qanday ijro hujjatlariga asosan amalga oshirilayotganligini bilishga, amalga oshirilgan ijro harakatlari boʻyicha fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Xolisning mulohazalari tegishli ijro harakatlari dalolatnomasiga kiritilishi lozim. Xolisning istagiga binoan bunday mulohazalar uning oʻz qoʻli bilan yozilishi mumkin. Xolislar ishtirok etadigan ijro harakatlari boshlanishidan oldin davlat ijrochisi ularga oʻz huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. Xolislar oʻz majburiyatlarini bajarishlari munosabati bilan oʻzlari qilgan xarajatlari qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Mazkur xarajatlar ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.