Davlat ijrochilari oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi. Mazkur organlar hamda tashkilotlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini taʼminlashda davlat ijrochilariga koʻmaklashishi shart. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini taʼminlash maqsadida: 1) ichki ishlar organlari: davlat ijrochisining qarori asosida qarzdor jismoniy shaxsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, shuningdek avtomototransport vositalarini qidirishni amalga oshiradi; davlat ijrochisi huzuriga kelishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning belgilangan tartibda majburiy keltirilishini taʼminlaydi; ijro harakatlarini amalga oshirishda, shu jumladan davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlarining amalga oshirilishida biron-bir toʻsiq boʻlganda, jamoat tartibi saqlanishini taʼminlaydi; qonunda belgilangan majburiy ijro etish choralarini amalga oshirish uchun, shu jumladan undiruvni avtomototransport vositasiga qaratish uchun ushbu avtomototransport vositasining majburiy toʻxtatilishini davlat ijrochisining topshirigʻi asosida taʼminlaydi; avtomototransport vositasi egasi toʻgʻrisidagi, tegishli qarzdorlar nomiga roʻyxatga olingan avtomototransport vositalari haqidagi axborotni, shuningdek avtomototransport vositalariga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotni davlat ijrochisining yozma soʻrovi asosida uch kunlik muddatda taqdim etadi, davlat ijrochilarining avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazishga oid belgilagan taqiqlarini ijro etadi; qonunchilikda belgilangan hollarda ijro harakatlarini amalga oshirish davomida roʻyxatga olingan avtomototransport vositalarini koʻzdan kechirishda ishtirok etadi; sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi