Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 27-modda. Ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari

Ijro hujjatlari quyidagi muddatlarda ijroga topshirilishi mumkin: 1) sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari — uch yil ichida; 2) hakamlik sudining qarorlarini yoki mediativ kelishuvni majburiy ijro etish toʻgʻrisidagi sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari — olti oy mobaynida; 3) notariuslarning ijro xatlari — uch yil mobaynida; 4) mehnat nizolari komissiyalarining guvohnomalari — uch oy mobaynida; 5) ishlarni maʼmuriy tartibda koʻrish vakolatiga ega organlarning (mansabdor shaxslarning) qarorlari — uch oy mobaynida. Boshqa ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari tegishli ijro hujjatlarini berish shartlari va tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida koʻrsatiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar quyidagicha hisoblanadi: 1) ushbu modda birinchi qismining 1-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari (sud buyrugʻi bundan mustasno) ijroga topshirilganda — sud hujjati qonuniy kuchga kirgan yoki uning ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish uchun belgilangan muddat tugagan kundan boshlab yoxud ijro hujjatini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab, sud hujjati darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hollarda esa — hujjat chiqarilgan kunning ertasidan boshlab; 2) sud buyruqlari ijroga topshirilganda — ular berilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat oʻtganidan keyin; 3) ushbu modda birinchi qismining 5-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari ijroga topshirilganda — qaror chiqarilgan kundan boshlab. Ushbu moddaning birinchi qismida qayd etilgan boshqa barcha ijro hujjatlari boʻyicha ularni ijroga topshirish muddatlari, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ular berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi. Davriy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi (alimentlar undirish, sogʻliqqa shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni qoplash toʻgʻrisidagi va shu kabi ishlarga doir) sud hujjatlari boʻyicha ijro hujjatlari toʻlovlarni undirishning belgil