Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 3-modda. Ijro etish organlari

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Majburiy ijro byurosi deb yuritiladi) organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. Pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablarini ijro etish qonunda nazarda tutilgan hollarda soliq organlari, banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari qonunda nazarda tutilgan hollarda oʻzga jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan ham ijro etilishi mumkin. Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan organlar hamda shaxslar majburiy ijro etish organlari hisoblanmaydi.