Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish qarzdor tomonidan unga nisbatan mulkiy tusdagi sud hujjati boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvaragʻiga ushbu majburiyatlarning toʻliq miqdorida yoki bajarilmagan qismi miqdorida pul oʻtkazish yoʻli bilan taʼminlashdan iboratdir, bundan davriy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlari mustasno. Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan belgilangan cheklovlarni bekor qilish uchun asos boʻladi. Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish: 1) ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati ustidan berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest sud tomonidan qabul qilinganda; 2) davlat ijrochisining harakati (qarori) ustidan shikoyat berilganda qoʻllaniladi. Majburiy ijro organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilgan ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish uchun ushbu Qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari: 1) ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati bekor boʻlganda; 2) ijro hujjati amalda ijro etilganda qarzdorga uch kunlik muddatda qaytariladi. Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari, ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilganidan tashqari hollarda, ijro hujjatining talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltiriladi. Ushbu modda uchinchi qismining 2-bandiga asosan kiritilgan ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari davlat ijrochisining harakati qonunga xilof deb topilgan yoki qarori bekor boʻlgan kundan eʼtiboran yana yigirma kun mobaynida majburiy ijro organining depozit hisobvaragʻida saqlanadi. Agar ushbu muddat davomida ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati ustidan shikoyat berilmasa yoki protest keltirilmasa, ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlariga ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan tartibda undiruv qaratiladi. Agar ushbu muddat davomida ijro hujjatini b