Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 36-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish muddatlari

Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi: 1) qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilganda — qarzdorning huquqiy vorislari aniqlanguniga, bedarak yoʻqolganning mol-mulki sud tomonidan homiylik va vasiylik organlari belgilagan ishonchli boshqaruvchiga topshirilguniga yoki muomalaga layoqatsiz qarzdorga homiy tayinlanguniga qadar; 2) qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish qoʻzgʻatilganda, kuzatuvni joriy etish, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish haqida iqtisodiy sud tomonidan ajrim qabul qilinganda — qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar; 3) undiruvchi yoki qarzdor muddatli harbiy xizmatni oʻtayotganda, qarzdor kasal boʻlib qolganda, xizmat safarida boʻlganda yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirilayotganda, — muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilguniga yoki statsionar davolash muassasasidan chiqquniga, xizmat safaridan qaytguniga yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirib topilguniga qadar; 4) ijro harakatlari, ijro hujjati yoki uni berishga asos boʻlgan hujjat yuzasidan, shuningdek roʻyxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilayotganda — masala mazmunan uzil-kesil koʻrib chiqilguniga qadar; 5) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda — shikoyat koʻrib chiqilguniga qadar; 6) mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilganda — oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga. Ijro ishi yuritish boshqa hollarda ham ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar tugaguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni toʻxtatib turgan sud yoki davlat ij