Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 41-modda. Ijro ishi yuritishni tamomlash

Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda tamomlanadi: ijro hujjati amalda ijro etilganda; yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlaridagi undiruv toʻgʻrisidagi talablar bir yoki bir nechta solidar javobgar qarzdor hisobidan amalda ijro etilganda; ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga binoan ijro etilmasdan qaytarilganda; ijro hujjati ushbu Qonunning 40-moddasida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qaytarilganda; ijro hujjati ijro etish uchun ushbu Qonun 25-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq boshqa davlat ijrochisiga yuborilganda; ijro hujjati ijro etish uchun tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga, tugatish boshqaruvchisiga) yoki moliyaviy boshqaruvchiga yuborilganda. Ijro ishi yuritish tamomlanganda davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisidagi qarorda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga oid cheklovlar va qarzdorning oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqlariga doir cheklovlar bekor qilinadi, bundan Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishini yuritish mustasno. Ijro ishi yuritish ushbu Qonunning 25-moddasi asosida boshqa davlat ijrochisiga yuborilishi munosabati bilan tamomlanayotganda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar bekor qilinmaydi. Mazkur vakolatlar ijro ishi yuritish yuborilgan davlat ijrochisiga oʻtadi. Davlat ijrochisi qarorining koʻchirma nusxalari u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga yuboriladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlarning bekor qilinganligi toʻgʻrisida yozma