Qarzdorning mol-mulki ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror qarzdorga topshirilgan kundan eʼtiboran bir oy muddatdan kechiktirmay, zarur hollarda esa, uni topshirish bilan bir vaqtda xatlanadi. Qarzdorning mol-mulkini xatlash mol-mulkni roʻyxatga olishdan, uni tasarruf qilish man etilganligini eʼlon qilishdan, zarur hollarda esa, mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklashdan, uni olib qoʻyish yoki saqlashga topshirishdan iboratdir. Cheklashning turlari, hajmi va muddatlarini har bir muayyan holda mol-mulkning xususiyatini, uning mulkdori yoki egasi uchun ahamiyatini hisobga olib, davlat ijrochisi belgilaydi. Qarzdorning xatlangan mol-mulkini tasarruf qilish yuzasidan davlat ijrochisining taqiqini buzish yoki undan foydalanish huquqining cheklanganligiga rioya qilmaslik qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi. Xatlash quyidagi hollarda qoʻllaniladi: undiruvchiga olib beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan qarzdorning mol-mulki saqlanishini taʼminlash maqsadida; javobgarga tegishli boʻlib, uning oʻzida yoki boshqa shaxslarda turgan mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi ijro etilayotganda. Xatlangan mol-mulkni olib qoʻyib, realizatsiya qilish uchun topshirish davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda, biroq xatlangandan keyin kamida uch ish kunidan soʻng amalga oshiriladi. Davlat ijrochisi muayyan ijro ishi yuritish holatlaridan kelib chiqib, mol-mulkni xatlash bilan bir vaqtda ushbu mol-mulkni yoki uning ayrim ashyolarini olib qoʻyishga haqli. Olib qoʻyilgan tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ashyolar darhol realizatsiya qilish uchun topshiriladi. Qarzdorning mol-mulkini roʻyxatga olish paytida aniqlanib, xatlangan soʻmlar va chet el valyutasidagi pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan, qimmatbaho toshlardan, marvariddan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, shuningdek ana shunday buyumlarning rezgilari va alohida qismlar