Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 57-modda. Ijro hujjatida koʻrsatilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish

Ijro hujjatida koʻrsatilgan ashyolar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi bu ashyolarni qarzdordan olib qoʻyadi va topshirish dalolatnomasini tuzib, ularni undiruvchiga topshiradi. Olib berilishi lozim boʻlgan ashyolar yoʻqotilganligi yoki undiruvchi ularni olishdan bosh tortganligi yoxud hozir boʻlish haqida bir necha bor taklif qilinishiga qaramasdan uning ashyolarni olish uchun kelmaganligi sababli ijro etishning imkoni boʻlmagan taqdirda, ashyolar qarzdorga qaytariladi, ijro ishi yuritish esa undiruvchiga ijro hujjatini qaytarish bilan tamomlanadi. Ijro hujjatida koʻrsatilgan hujjatsiz qimmatli qogʻozlar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi mazkur qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga oluvchi shaxs tomonidan qarzdorning hisobidan chiqarilishi va ularni undiruvchining hisobiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror chiqaradi.

6-BOB. UNDIRUVNI QARZDOR YURIDIK SHAXSNING MOL-MULKIGA QARATISHNING XUSUSIYATLARI. QARZDOR YURIDIK SHAXSNING MOL-MULKINI XATLASH VA REALIZATSIYA QILISH