Chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlarini ijro etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi sudi tomonidan chet el sudining yoki arbitrajining qarori asosida berilgan ijro varaqasi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qaror qonuniy kuchga kirgan vaqtdan eʼtiboran uch yil ichida majburiy ijro etish uchun topshirilishi mumkin.