Sudlar toʻgʻrisida 15-modda. Odil sudlovni amalga oshirishda malakali yuridik yordam

Odil sudlovni amalga oshirishda har bir kishiga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida himoyalanish huquqi va oʻzini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar taʼminlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat hisobidan malakali yuridik yordam koʻrsatilishi taʼminlanadi.