Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari — maʼmuriy, fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatlari raislari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalaridan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi quyidagi tarkibda ish yuritadi: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati; Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati; Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati; Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati; Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati. Sudlov hayʼatlarida ixtisoslashtirilgan sudlov tarkiblari tuzilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining son jihatdan tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.