Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi; ishni taftish tartibida koʻrish zarurligi haqidagi masalani hal etish uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda sud ishlarini talab qilib oladi; ishni taftish tartibida koʻrish toʻgʻrisida qonunda nazarda tutilgan tartibda protest kiritadi; sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda toʻxtatib turadi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etadi; ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati koʻrib chiqishi uchun ularning vakolatlariga taalluqli boʻlgan masalalarni kiritadi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlari qonunchilikka muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi; Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharh berish toʻgʻrisida, shuningdek sudlar tashabbusi bilan kiritilgan muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat kiritish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnoma kiritadi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi toʻgʻrisida, sudlov hayʼatlari tarkiblari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi; Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hayʼatining (bundan buyon matnda Sudyalar oliy malaka hayʼati deb yuritiladi) qarorlari, xulosalari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga taqdimnomalar kiritadi; rais o