Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudining sudlov hayʼati: oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya boʻyicha koʻradi; ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻradi; sud amaliyotini oʻrganadi va umumlashtiradi; sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi; sud statistikasini tahlil qiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudining sudlov hayʼati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.