Sudlar toʻgʻrisida 57-modda. Tumanlararo maʼmuriy sud raisining oʻrinbosari

Tumanlararo maʼmuriy sud raisining oʻrinbosari: vazifalar taqsimotiga muvofiq sud apparati ishiga rahbarlikni amalga oshiradi; sud majlislarida raislik qiladi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi; sud raisi yoʻqligida uning vakolatlarini amalga oshiradi. Tumanlararo maʼmuriy sud raisining oʻrinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.