Sudya: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga ogʻishmay rioya etishi; fuqarolarning huquq va erkinliklari, shaʼni, qadr-qimmati hamda mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashi; oʻz vakolatlarini amalga oshirishda, shuningdek xizmatdan tashqari munosabatlarda Sudyalik odobi kodeksi talablariga rioya etishi, sud hokimiyati obroʻsini, sudyaning shaʼni va qadr-qimmatini tushirishi yoki uning begʻarazligi, xolisligi va adolatliligiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan har qanday xatti-harakatdan oʻzini tiyishi; korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga va odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha faoliyatiga gʻayriqonuniy aralashishga urinishlarga qarshilik koʻrsatishi hamda bunday holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga xabar qilishi; sud protsessi ishtirokchilarini hurmat qilishi; oʻz malakasini sudyalik vakolatlarini bajarish uchun zarur boʻlgan darajada saqlab turishi; manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan taqdirda oʻzini oʻzi rad qilishi va sud protsessi ishtirokchilarini xabardor qilishi shart. Sudya: sudyalar maslahatlashuvi sirini va yopiq sud majlislarini oʻtkazish chogʻida olingan maʼlumotlarni oshkor qilishga; senator, davlat hokimiyati vakillik organlari deputati boʻlishga; siyosiy partiya aʼzosi boʻlishga, uni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga, siyosiy partiyalarning tadbirlarida ishtirok etishga, boshqa siyosiy faoliyat bilan shugʻullanishga; haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga, bundan sudyaning vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilmaydigan pedagogik, ilmiy va boshqa ijodiy faoliyat mustasno; shaxsan yoki ishonchli shaxslar orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektni boshqarishda, uning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, ishtirok etishga; Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan chet el banklarida his