Sudlar toʻgʻrisida 66-modda. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi

Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi. Muayyan ishni har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilish yoki gʻayriqonuniy sud hujjati chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday boʻlmasin taʼsir koʻrsatish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. Sudyadan koʻrilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati boʻyicha biron-bir tushuntirishlar berishni talab qilish, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga boʻlmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etish taqiqlanadi. Ommaviy axborot vositalari oʻz xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan oʻzicha hal qilib qoʻyishga yoki sudga qanday shaklda boʻlmasin taʼsir koʻrsatishga haqli emas.