Sudlar toʻgʻrisida 79-modda. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish

Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi: 1) u sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda; 2) u yozma ariza bergan taqdirda; 3) tegishli sudyalar malaka hayʼati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari toʻxtatilganidan keyin u sudyalik lavozimiga zid faoliyat bilan shugʻullanishni davom ettiravergan taqdirda; 4) u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda; 5) u Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan yoki uni yoʻqotgan taqdirda; 6) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda; 7) u vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda; 8) sogʻligʻining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra u uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir boʻlmay qolgan taqdirda; 9) sud raisining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, agar u boshqa sudyalik lavozimiga oʻtishga rozilik bermasa; 10) sudya tomonidan tegishli sudyalar malaka hayʼatining qarori bilan sudyaga vakolatlarini tugatish tarzidagi intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻlgan, ushbu Qonun 74-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar sodir etilganda. Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan; viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining va rais oʻrinbosarining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan; viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasining, tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy sudlar raisining va sudyasining vakolatlari — tegishli sudyalar malaka hayʼati