Sudlar toʻgʻrisida 88-modda. Sud apparati

Sud apparati sudning odil sudlovni amalga oshirish, sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish, shuningdek sudning boshqa vazifalarini bajarishga doir ishlarini taʼminlaydi. Sud apparati xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan oʻtadi. Sud apparati xodimlariga mansab darajalarini belgilash va berish tartibi ushbu Qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.