Sudyalar mustaqildirlar, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. Sudyalar muayyan ishlar boʻyicha hisobdor boʻlmaydi. Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini toʻxtatib turishga, boshqa lavozimga oʻtkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga koʻra yoʻl qoʻyiladi.